![]() |
FUTBOL YANGILIKLARI Sahifani Otabek Yo`ldoshev olib boradi. "Ma'rifat" gazetasi materiallaridan ham foydalanildi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
• 07.09.2005. Toshimisu yoshidaning «karomati» yoki
8 va 12 oktyabrlarni kuting TOSHIMISU YOSHIDANING «KAROMATI» YOKI 8 VA 12 OKTYABRLARNI KUTING 07.09.2005. “Paxtakor” stadioniga tashrif buyurgan 55 ming
muxlis, televizor qarshisida o‘tirgan millionlab vatandoshlarimiz
hamda ushbu muhim o‘yinni kuzatgan jahondagi boshqa ko‘plab
futbol ishqibozlariyu mutaxassislarni lol qoldirib, 3 sentyabr kuni bo‘lib
o‘tgan jahon chempionati saralash o‘yinlarining pley-off
bosqichidagi O‘zbekiston — Bahrayn matchida yaponiyalik hakam
Toshimitsu Yoshidaning kashf qilgan “yangicha qonuni” bizga
foydali bo‘ldimi yo zarar? 07.09.2005. Ukraina terma jamoasi o‘yinchisi, “Milan” hujumchisi
Andrey Shevchenkoning o‘g‘liga Italiya Bosh vaziri hamda “Milan” klubi
xo‘jayini Silvio Berluskoni cho‘qintirgan ota bo‘ldi,
deb xabar beradi internet saytlari. “Ularning menga bo‘lgan
muomalasidan so‘ng o‘zimni xuddi otadek his qildim”,
dedi Berluskoni jurnalistlarga intervyu berar ekan, Andrey Shevchenko
hamda amerikalik fotomodel Kristan Pazikning o‘ziga bildirgan ishonchidan
xursand bo‘lib. Tantana Milandan uncha uzoq bo‘lmagan Avliyo
Vinchentso cherkovida bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik sport
sharhlovchilari bu marosim daragini eshitgach, Silvio Berluskoni ustamonlik
qildi, deb hisoblamoqda, chunki Andreyning o‘g‘lini Roman
Abramovich ham cho‘qintirmoqchi edi. Bu bilan u Shevchenkoni “Chelsi”ga
olib o‘tishni ko‘zlayotgandi. 07.09.2005. Yaponiya futbol ligasi prezidenti Masaru Sudzuki italyan hakamining yaqinda Italiya hakamlar assotsiyatsiyasi qarori tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatmoqchi bo‘lganligini eshitgach, Yapon jamoalari o‘rtasida o‘tadigan o‘yinlarga hakamlik qilishga taklif qildi, deb xabar beradi Italiya OAVlari. “Jeyliga” o‘yinlarini boshqarish “Fantomas”ning kunchiqar yurtda obro‘sini ko‘taradi, deb hisoblaydi Sudzuki. “Yaponlar 2002 yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida hakamning Braziliya va Germaniya o‘yinini yuqori darajada boshqarganini yaxshi eslashadi. Agar Kollina yana hushtakni qo‘liga olishga rozi bo‘lsa, bizning ishqibozlarimiz uni olqishlashadi” demoqda prezident. G‘arb OAVlarining yozishicha, hakam Angliya chempionatini o‘tkazishga ham taklif qilinishi mumkin. ISPANLARNING ALAMLI MAG’LUBIYATLARI 13.03.2005. Haftaning seshanba va chorshanba kunlari Yevropada katta
futbol uchrashuvlari davom ettirildi. Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak
final o‘yinlarining javob uchrashuvlari ko‘pgina “grand” jamoalarning
(masalan, “Real”, “Barselona”, “Manchester
Yunayted”, “Arsenal”) alamli mag‘lubiyati bilan
yakun topdi. Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Londonda mahalliy “Chelsi” hamda
Premero yetakchisi “Barselona” jamoalari o‘rtasida
bo‘lib o‘tdi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida “Barsa” 2:1
hisobida “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Shu
boisdan bu uchrashuvning ahamiyati juda katta edi. O‘yin “Chelsi”ning
shiddatli hujumi ostida o‘tdi va jamoa 4:2 hisobida g‘alaba
qozondi. Italiya chempioni “Milan” esa “Manchester
Yunayted”ni qabul qilib, xuddi mehmondagidek Kresponing goli evaziga
(1:0) g‘alaba qozondi. Yana bir uchrashuv Frantsiyaning “Lion” hamda
Germaniyaning “Verder” jamoalari o‘rtasida o‘tdi.
O‘yin Yevropa futboliga xos bo‘lmagan natija bilan yakunlandi: “Lion” — “Verder” 7:2
(3:0) DEVID PENSIYAGACHA «REAL»DA QOLMOQCHI
ROBERTO KARLOS 300 O‘YIN O‘TKAZDI 04.03.2005. Ispaniya chempionatida 26-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Madridda «Real» «Betis» jamoasini qabul qildi. Ushbu o‘yinda Roberto Karlos o‘zining 300 o‘yinini jamoaga munosib sardorlik qilib nishonladi. O‘yinning 10-daqiqasida Santyago Solari oshirib bergan to‘pni Maykl Ouen darvozaga yo‘lladi. Birinchi taym so‘nggida hakam belgilagan jarima to‘pini Roberto Karlos darvoza to‘riga tushirdi va o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so‘ng Iker Kasilyas o‘rniga darvozani egallagan Sesar Sanches Luis Edu zarbasini qaytara olmadi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Ivan Elgera raqib jamoasi darvozasiga to‘p yo‘llab, hisobni 3:1 ga yetkazdi. «Real» «Barselono» so‘ng olti ochko farq bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. O‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmadi. 04.03.2005. Haqiqiy muxlislar bedor o‘tkazadigan tunlar tobora
yaqinlashmoqda. Kelgusi haftaning seshanba va chorshanbasida Yevropa
Chempionlar Ligasi chorak final ishtirokchilarini aniqlash masalasi hal
etiladi. Xuddi shu kunlari Syurix vaqti bilan soat 20.45 da 14 jamoa
javob uchrashuvlarida maydonga tushadi. Jamoalar soni biroz kamayganidan
aslo ajablanmang. Chunki buni oddiy hol bilan izohlash mumkin. Shu kuni «San-Siro»da «Milan» «MYu»ni
qabul qilgani uchun «Inter» «Portu»ga mezbonlik
qilolmaydi. Ma’lumki, Milan shahrining ikki granti javob uchrashuvlarini
(debyutlarda bu hol o‘zgarishi ko‘pchilikka ayon bo‘lsa
kerak) aynan shu o‘yingohda o‘tkazadi. Vaziyatdan kelib chiqib
UEFA rahbariyati «A» seriya vakili va Portugaliya chempionati
yetakchilaridan biri o‘rtasidagi bahsni 15 martga ko‘chirishga
qaror qildi. Oldingi sonlarimizda aytib o‘tganimizdek, bu galgi
o‘yinlarda ham yanada shiddatli finaloldi finallariga guvoh bo‘lsak
ajab emas. Zero, 8-9 mart kunlari Yevropa yashil maydonlarida keyingi
bosqichga chiqajak 8 omadli jamoa nomi ma’lum bo‘ladi. Javob
uchrashuvlari taqvimi quyida keltirilgan. 24.02.2005. 2010 yilda Afrika qit’asi o‘zining futbol tarixida
muhim bir voqeaning guvohi bo‘ladi. Chunki FIFA (Xalqaro Futbol
Federatsiyasi) 2010 yilda Butunjahon kubogi final o‘yinlarini “qora
qit’a”da o‘tkazishga qaror qilgach, tezda Misr, Liviya,
Tunis, Marokash, Janubiy Afrika davlatlari bu chempionatni o‘tkazish
sharafiga ega bo‘lish uchun o‘z nomzodlarini ko‘rsatdilar. 1. Har biri o‘zida 40 ming nafar tomoshabinni sig‘dira oladigan
8 ta yuqori darajali stadionga ega bo‘lish; Yuqorida nomlari zikr etilgan barcha davlatlar bu chempionatni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lish uchun Shveytsariyaning Syurix shahrida xalqaro futbol federatsiyasi raisi Jozef Blatter, FIFA bosh kotibi doktor Oris Lensi va ushbu shartlarni bajarishni nazorat qilish komissiyasi raisi Jan Piterz boshchiligidagi FIFA komissiyasiga o‘z bayonotini topshirdilar. Prezident Muhammad Husni Muborak Misr Arab Respublikasi hukumati va xalqi nomidan so‘zga chiqib, Misr bu chempionatni o‘tkazishga juda katta xohish bildirayotganini, bu musobaqaga uning tayyor ekanligi hamda butun Afrika, FIFA federatsiyasi va barcha futbol ishqibozlari Misrning bu harakatidan faxrlanishlari mumkinligini aytdi. Shuningdek, prezident bu tadbirni o‘tkazuvchi komissiya a’zolariga Misr bu musobaqaning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun hech qanday kuchini ayamasligini ta’kidladi hamda ushbu muhim tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘zining shaxsiy qarashlarini aks ettiruvchi yuqori darajadagi Misr faxriy delegatsiyasini tashkil qilishga qaror qilganligini aytdi. Misr taqdim etgan hujjatlar to‘plami ilovalar bilan 4476 betni tashkil qiladi va 16 bobni o‘z ichiga oladi. Ularda marketing, moliyalash, sug‘urta, xavfsizlik, stadionlar, axborot xizmati, yashash joyi bilan ta’minlash, transport, shaxsiy kartochkalar, chiptalar, Misrda bundan oldin o‘tkazilgan musobaqalar haqidagi ma’lumotlar, sog‘liqni saqlash, ekologiya, energetika va tadbirni o‘tkazadigan komissiya tuzilishi bayon qilinadi. Qadimda golf o‘yinining paydo bo‘lishi Shotlandiyaga, futbolning paydo bo‘lishi Angliyaga, qo‘l to‘pining paydo bo‘lishi Germaniyaga, beysbolning paydo bo‘lishi esa Qo‘shma Shtatlarga borib taqaladi, degan aqida bor edi. Lekin mana shularga o‘xshash o‘yinlar bundan ming yillar avval Misrda bo‘lganligi haqiqatdir (yozuvchi-jurnalist Erik Diveris). Bu haqiqatni tasdiqlovchi “Misr” hujjatli filmi FIFA komissiyasi oldida namoyish etildi. Filmda ko‘rsatilgan Bani Hasan qishlog‘idagi fir’avnlar maqbarasi devorlariga o‘yib ishlangan rasmlar bu haqiqatni isbotlaydi. Film qisqa, qiziqarli, tarixiy dalillarga asoslangan, sun’iy to‘qimalardan xolidir. XO‘SH, NIMA UCHUN MISR? Misr tomonidan FIFAga taqdim etilgan hujjatlarda quyidagi asos va dalillarni uchratish mumkin. Misr Afrika davlatlari ichida birinchi bo‘lib futbol federatsiyasini tuzgan, birinchi bo‘lib Afrika davlatlari ittifoqiga asos solgan, Afrika davlatlari ichida birinchi bo‘lib 1921 yil Amsterdamda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan, 1923 yil xalqaro ittifoqqa a’zo bo‘lgan, 1934 yil Italiyada bo‘lib o‘tgan butun jahon kubogi musobaqalarida ishtirok etgan va 1991 yil Afrika o‘yinlari musobaqasini tashkil etgan davlatdir. Shuningdek, u to‘rt marta Afrika davlatlari chempionatining g‘olibi bo‘lgan. BMTning sobiq bosh kotibi Butros G‘oliy, taniqli san’atkor, aktyor Omar Sharif, ilm va adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan professor, olim Ahmad Zuvayl va taniqli yozuvchi Najib Mahfuz kabi dunyoga mashhur insonlar vatanidir. Bu chempionatni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun Misrda barcha imkoniyatlar mavjud va u FIFAning shartlariga ham to‘liq javob beradi. Shuningdek, Misr butun olamda tengi yo‘q tarixiy obida boyliklariga hamda ko‘plab sayyohlar tashrif buyuruvchi G‘ardaka, Sharm-Shayx va Marsa-Matrux kabi dunyoda tengi yo‘q kurort shaharlariga egadir. Jismoniy tarbiya va sport nuqtai nazaridan qaralganda, birinchidan, Misr futbol musobaqalari bo‘yicha, xususan, Afrika davlatlari ichida yetakchi o‘rinda turadi; ikkinchidan, Afrika ittifoqi orasida Misr muhim o‘ringa ega va ko‘pgina sport o‘yinlari, boshqaruv markazlari Qohira shahrida joylashgan; uchinchidan, futbol bo‘yicha ko‘pgina Afrika chempionatlari katta muvaffaqiyatlar bilan Misrda o‘tkazilgan; to‘rtinchidan, nafaqat futbol bo‘yicha, balki boshqa sport turlari bo‘yicha ham chempionatlar, musobaqalar o‘tkazishda Misr o‘ziga xos tajribaga ega; beshinchidan, hujjatlarni rasmiylashtirish va tashkiliy ishlar bo‘yicha Misrning imkoniyatlari boshqa Afrika davlatlariga qaraganda ancha yuqori; oltinchidan, oliy darajadagi umumjahon futbol jamoalarida misrlik professional o‘yinchilarning soni ortib bormoqda. Madaniy-tarixiy va geografik jihatdan olib qaraganda, Afrika qit’asida o‘xshashi yo‘q bu yurt 2010 yilgi Butunjahon kubogi musobaqalarida ishtirok etuvchilar va tomoshabinlar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazib, yaxshi dam olishlari mumkin bo‘lgan ko‘plab go‘zal va qadimiy sayohat maskanlari bilan mashhurdir. Musobaqalarni o‘tkazish uchun Misrning mo‘’tadil iqlimi va ob-havo sharoiti ham juda qulaydir. Strategik jihatdan, Misrning geografik o‘rni Afrikaning Yevropa bilan Yaqin Sharq mintaqalari kesishgan joyida bo‘lib, bu juda qulay va Misrga kirib kelishni osonlashtiradi. Misr sayyohlar (chet ellik biznesmenlar, delegatsiyalar) bilan muomala qilishda katta tajribaga ega. Uning barcha yerlarida osoyishtalik va xavfsizlik hukmrondir. Kattami-kichikmi, ayolmi-erkakmi, qat’i nazar, xohlagan joyda, xohlagan vaqtda bemalol, hech qanday xavf-xatar sezmasdan yurishi mumkin. Misrning ob-havosi turli oshqozon-ichak, vabo kabi yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillardan xolidir. FUTBOL BO‘YICHA ERISHGAN YUTUQLARI Misrning birinchi terma jamoasi quyidagi yillarda to‘rt marta
Afrika chempionligiga erishgan: 1957 yil Sudanda, 1959 yil Misrda, 1986
yil Misrda, 1997 yil Burkina—Fasoda. Yuqoridagilar bir necha bor klublar miqyosida o‘tkazilgan Afrika chempionligini qo‘lga kiritgan Misrning “Ahliy”, “Zamalik”, “Ismoiliy”, “Muqovilun” kabi ba’zi jamoalari erishgan yutuqlariga qo‘shimchadir. Shuningdek, “Ahliy” va “Zamalik” jamoalari Afrikadagi eng yaxshi jamoalar deb tan olingan. Misrlik o‘yinchi Xusom Hasan esa butun dunyo bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchi sifatida tanilib, Misrda katta olqishlarga sazovor bo‘ldi va Xalqaro Futbol federatsiyasi raisi Jozef Blatter ham uni mukofotladi. Sherzod AHMATOV tayyorladi. AFRIKANING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI 23.02.2005. Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi va
Kamerun terma jamoasi a’zosi Samuel Etoo mana ikki yildirki Afrikaning
eng yaxshi futbolchisi deb topilmoqda. Bu yilgi g‘oliblik Durban
xalqaro konferentsiyasida afrika futbol konfederatsiyasi tomonidan e’lon
qilindi. Ispaniya chempionatining bu mavsumida “Barselona” klubi
a’zosi, 23 yoshli Etoo 17 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. U
Afrika futbol tarixida kuchlilar ro‘yxatining to‘rtinchi
pog‘onasida. Ya’ni liberiyalik afsonaviy Jorja Vea, ganalik
Abeidi Pels va senegallik El Xodji Dnuflardan keyingi o‘rinda.
Samuel milliy televidenie orqali chiqish qilarkan, unga ovoz berganlarga
minnatdorchiligini bildirdi. 19.02.2005. Hech zamonda bir musobaqa miqyosida uch-to‘rtta final
guvohi bo‘lganmisiz? Ko‘pchilikning javob fikri tarkibidagi
kesimni bo‘lishsiz fe’l ifodalashi tabiiy, menimcha. Hayron
bo‘lmang, 22-23 fevral kunlari navbatdagi raundiga start beriladigan
Yevropa chempionlari ligasida siz bir emas, bir nechta finalni tomosha
qilishingiz mumkin. Endigina guruh bahslari yakunlanib, haqiqiy bosqich
boshlangan bir paytda Yevrograntlar bir-biri bilan to‘qnash kelishadi.
Har bir bahs qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy tarzda o‘tishi
kutilmoqda. Hatto ba’zi juftliklar orasidagi kurashni finaloldi
finallariga tenglashtirsak arziydi. Quyida beriladigan jadvalda o‘sha “final”larni
topib olish haqiqiy muxlislar uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shuni
ta’kidlab o‘tish kerakki, futbol olamida ro‘y berayotgan
kutilmagan hollar ehtiyotkor fikr bildirishga undamoqda. Shunday bo‘lsa-da,
endi “Portu” — “Monako” sentsatsiyasi takrorlanmasligiga
ishonmaydiganlar foizi 50 dan yuqori ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak,
hali sarguzashtlar oldinda. Yana kim biladi, deysiz. Ishqilib, futbol
o‘z fanatlariga o‘ziga xos sarguzashtlar va sentsatsion burilishlarni
taqdim etishdan charchamasa bo‘lgani. O‘ZBEKISTON TERMASI 47-O‘RINDA 19.02.2005. FIFA—xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi dunyo mamlakatlari milliy terma jamoalarining 2005 yil fevral oyidagi yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Jadvalni tuzishda joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan rasmiy uchrashuvlar natijalari ham inobatga olindi. Yangi reytingga ko‘ra, o‘z tarixida besh karra jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Braziliya milliy terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi o‘rinlardan Frantsiya hamda Argentina milliy terma jamoalari joy oldi. 2006 yili Germaniyada bo‘ladigan jahon chempionatining yakuniy saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur reytingda 47-o‘rinni band etdi. Ta’kidlash lozimki, MDH mamlakatlari terma jamoalari orasida O‘zbekiston faqat Rossiyadan ortda qolmoqda. ZIDAN 2007 YILDA FUTBOLDAN KETMOQCHI 12.02.2005. Zayniddin Zidan 2007 yilda futboldan ketishni rejalashtirmoqda. “Real Madrid” pleymeykerining jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2006-2007 yilgi mavsumda o‘z yakuniga yetadi. Shundan so‘ng to‘p sehrgari o‘z butsilarini mixga ilmoqchi. “Mening shartnomam 2007 yilgacha tuzilgan va bu futbol o‘ynashimning so‘nggi yili bo‘lishi mumkin. Lekin faoliyatimning chiroyli nihoyasi qaysidir ma’noda mening qo‘limda emas. 2007 yildan so‘ng o‘z ishimni futbolga bog‘liq ravishda davom ettirmoqchiman“, deydi Zidan. Aslida kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan ushbu futbolchi dastlab AS Kann, keyinchalik FS Jerondis de Bordo va Yuventusda o‘ynab ko‘rgan. 2001 yil “Qirollik klubi” tarkibiga kelib qo‘shilgan. Eslatib o‘tamiz, Zayniddin Zidan oxirgi marta 2004 yil fevralida “Real” bilan shartnomasini uzaytirish to‘g‘risida kelishib olgandi. 12.02.2005. Muxlislar orziqib kutgan lahzalar tarix sahifalaridan joy
olganiga bugun to‘rt kun bo‘ldi. Ko‘pchilik fikr nima
haqda ketayotganini allaqachon anglagan bo‘lsa kerak. Minglab futbol
ixlos- “LA-LIGA”NING AFSONAVIY FUTBOLCHISI 12.02.2005. “Real” — “Monako” “marshruti”dan
so‘ng “Titanik” chiqib ketgan shahar Liverpulda “qo‘nim” topgan
Fernando Morents haqida OAVda ko‘p gapirilmoqda, yozilmoqda. Nega
oxirgi paytda ushbu o‘yinchi “sayyoh” futbolchiga aylanib
qoldi? Aslida “qirollik klubi” tarixida u qanday iz qoldirgan? 09.02.2005. Bugun Toshkent vaqti bilan 15.45 da O‘zbekiston futbol
terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichining final raundida
dastlabki uchrashuvni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Xitoydagi mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘ziga xos xulosa chiqarib
olgan saudiyaliklar Toshkentda qattiq qarshilik ko‘rsatishlari
tabiiy. Odatda, “qattiq qarshilik ko‘rsatish” jumlasi
kuchsizroq jamoalarga nisbatan ishlatiladi. Bu bilan biz raqibimizni
yuqoridagi birikmaga loyiq ko‘rmoqchi emasmiz. Hozirgi sharoitda
bunday so‘zlar Janubiy Koreya, hatto Quvaytga ham to‘g‘ri
kelmaydi. Fikrimizni futbol olamida ro‘y berayotgan kutilmagan
hollar, sensatsiyalar to‘liq asoslaydi. Lekin Chin mamlakatida
bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda termamiz har holda oldiga
qo‘ygan maqsadni uddaladi. Nimalarga qodir ekanligini isbotladi.
Misol qilib, guruh bahsida ketma-ket uch bor bir xil hisob (1:0)da erishilgan
g‘alabalarni, keltira olamiz. Bir-ikki futbolchilarimizning tajribasizligini
hisobga olmaganda, ko‘rsatilgan natija ham ko‘ngildagidek
bo‘ldi. Aslida, qit’a chempionatida birinchi o‘rinni
egallashdan ko‘ra, mundialda nimchorak finalga chiqish sharafliroq,
fikrimcha. Shunday sharafli ish debochasini Ravshan Haydarov boshlab
bergandi. Keyinchalik, nemis mutaxassisi Yurgen Gede taklif etildi. Avvaliga
yordamchi murabbiy lavozimida faoliyat yuritgan mutaxassis shu yil 26
yanvardan e’tiboran bosh murabbiy etib tayinlandi va terma jamoani
o‘z qo‘liga oldi. Futbol tili bilan aytganda, federatsiya “Gedega
sardorlik bog‘ichini taqib qo‘ydi”. Ko‘p o‘tmay
termaning yangi, qaysidir ma’noda «eski» bosh murabbiysi
9 fevraldagi bahsda maydonga tushadigan taxminiy tarkibni e’lon
qildi. Kuni kecha esa, optimal tarkib ro‘yxatini taqdim etdi. Termamizning
2006 yil nemislar yurtiga, Xudo xohlasa, qiladigan tashrifi nemis mutaxassisi
tomonidan ta’minlanishiga ko‘pchilik ishonayapti. Buning
ustiga, JCh-2006 eshiklari biz tomon har tomonlama ancha yaqin. Xuddi
qo‘l uzatsa yetgudek. Biroq, do‘lana uchun toqqa chiqishga
to‘g‘ri keladi. Toqqa chiqish ishonchi esa, sevimli jamoamizni
qo‘llab yuborsa, ajab emas. Gedega yurtdoshlari Rekxagel, Fyoller
singari mashhur bo‘lishlik O‘zbekiston terma jamoasi bilan
amalga oshishini tilab qolamiz. GERMANIYAGA YAQINLASHAYOTGAN YO‘L 29.10.2005. O‘tayotgan haftada mamlakatimiz futboli hayotida o‘zgarish yuz berdi. Bosh jamoamiz— O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyode tayinlandi. Yurtimizda faoliyat yurita boshlaganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan nemis mutaxassisi ishlagan jamoalarida (yoshlar termasi va milliy terma jamoa murabbiyi) o‘ziga xos qat’iyat bilan mehnat qilishini ko‘rsatib qo‘ydi. Ayniqsa, yoshlar terma jamoasi bilan “JCh – 2003” da ko‘rsatilgan qahramonliklar, milliy terma jamoa bilan “Xitoy —2004”da namoyish etilgan chiroyli o‘yinlar uning bugungi mavqeiga zina bo‘lgani, shubhasiz. Ravshan Haydarov va Yurgen Gyode juftligi endi Yurgen Gyode va Ravshan Haydarov juftligi sifatida “JCh - 2006” sari harakatni davom ettirishadi. Orzu qilish yaxshi. Asosli orzu esa, undanam yaxshi. Germaniyaga borishni orzu qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ajab emas Yurgen Klinsman boshchiligidagi Germaniya terma jamoasiga qarshi Yurgen Gyode boshchiligida ilk o‘yinda ishtirok etishsa. Har holda, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi ham nemis va Germaniya havosidan nafas olib o‘sgan. Garchi bular nazariy asoslar bo‘lsa-da, muxlislar terma jamoamizning amaliy asoslarini 2004 yil mavsumida bilib olishgan. «PAXTAKOR» ITALIYADA DURANGGA ERISHDI 29.01.2005. Mamlakatimizning futbol bo‘yicha amaldagi chempioni va O‘zbekiston kubogi sohibi - Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Italiyaning Viaredjo shahrida tashkil etilgan «Coppa Carnevale» an’anaviy xalqaro turnirida ishtirok etmoqda. Ellik yettinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro turnirda o‘zbekistonlik charm to‘p ustalaridan tashqari, Italiya, Germaniya, Angliya, Shveytsariya, Meksika, AQSh, Kamerun, Zambiya, Avstraliya, Isroil, Bolgariya, Serbiya va Chernogoriya hamda San-Marinoning yetakchi jamoalari futbolchilari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. «Paxtakor» futbolchilari guruhdagi dastlabki uchrashuvni Italiyaning «Benevento» jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bellashuvda hisob ochilmadi - 0:0. 26.01.2005. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi - FIFA dunyo mamlakatlari milliy terma jamoalarining yanvar oyi uchun yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra besh karra jahon chempioni - Braziliya terma jamoasi hamon birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi pog‘onalarda Frantsiya hamda Argentina terma jamoalari qayd etilgan. O‘tgan yili O‘zbekiston milliy terma jamoasi yilni 47-pog‘onada yakunlagandi. Yangi reyting jadvalida ham bosh jamoamiz o‘z o‘rnini saqlab qoldi — 598 ochko bilan 47-pog‘onada qayd etildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari terma jamoalari orasida vakillarimiz 651 ochko jamg‘arib, 32-qatorni egallab turgan Rossiyadan keyingi o‘rinda bormoqda. MDHning qolgan vakillaridan hech biri kuchli ellik jamoa safida emas. 26.01.2005. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi
joriy yildagi dastlabki rasmiy uchrashuvini 9 fevral kuni Toshkentda
Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur muhim
o‘yin 2006 yili Germaniyada o‘tkaziladigan jahon chempionati
final qismiga chiqish uchun yakuniy saralash bosqichining guruh bahslarini
boshlab beradi. Dastlabki uchrashuvgacha futbolchilarimizning Birlashgan
Arab Amirligida ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini
tashkil qilindi. Futbolchilarimiz u yerda dastlabki sinov uchrashuvini
Rossiya chempionati vakili «Rostov»ga qarshi o‘tkazdi,
hisob - 1:1. Raqib darvozasiga javob to‘pini «Paxtakor» yarim
himoyachisi Leonid Koshelev kiritdi. Ikkinchi sinov uchrashuvi Ukrainaning
ko‘pkarra chempioni «Dinamo» (Kiev) jamoasiga qarshi
o‘tkazildi. Birinchi bo‘limda «Dinamo» jamoasi
darvozaboni A.Shovkovskiy hamda himoyachilar Ilyos Zeytullaev, Andrey
Akopyants va Ulug‘bek Baqoev tomonidan yo‘llangan zarbalarni
va xavfli hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin, bo‘lim
tugashiga bir daqiqa qolganida, kievliklar himoyachisi jarima maydonchasida
Ulug‘bek Baqoevga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun
belgilangan penaltini Server Jeparov aniq bajarib, hisobni ochdi - 1:0.
Ikkinchi bo‘limda ukrainalik himoyachilar xatosidan foydalangan
Andrey Akopyants ikkinchi golni kiritdi. Har ikki jamoa murabbiylarining
kelishuviga ko‘ra, «Dinamo» safida to‘p surgan
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Maksim Shatskix ukrainaliklarni
mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Maksim 58-daqiqada Ignatiy Nesterov
darvozasini aniq nishonga oldi. O‘yin tugashiga to‘qqiz daqiqa
qolganida M.Verpakovskis M.Shatskix oshirgan to‘pni darvozaga aniq
yo‘lladi. Hisob tenglashgach, O‘zbekiston terma jamoasi ham
hujumni kuchaytirdi. 87-daqiqada Server Jeparov uzoq masofadan kievliklar
darvozasini aniq nishonga oldi. Biroq, uchrashuvning so‘nggi daqiqasida
M.Shatskix I.Nesterov darvozasiga ikkinchi golini kiritib, yana hisobdagi
farqni tenglashtirdi. Birlashgan Arab Amirliklaridagi o‘quv-mashg‘ulot
yig‘ini muvaffaqiyatli yakunlandi. 19.01.2005. Moskva shahrida futbol bo‘yicha MDH mamlakatlari chempionlari
kubogi uchun tashkil etilgan an’anaviy musobaqada ishtirok etayotgan
jamoalar ikkinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazdi. Turnirda besh karra
O‘zbekiston chempioni – Toshkentning «Paxtakor» jamoasi
mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda. Uning yetakchi o‘yinchilari
milliy terma jamoamiz tarkibida Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv
mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashayotgani bois, maydonga asosan
yosh futbolchilar tushdi. Dastlab «Paxtakor»ning yosh futbolchilari
Gruziya chempioni «Tbilisi» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni
boy bergan bo‘lsa, keyingi uchrashuvda vaziyatni o‘ngladi. «V» guruhidagi
ikkinchi uchrashuvni Qirg‘iziston chempioni —«Dordoy-Dinamo» jamoasiga
qarshi o‘tkazdi. Yarim himoyachi Anzur Ismoilov toshkentliklarga
g‘alaba keltirgan yagona golga muallif bo‘ldi. Shunday qilib, “Paxtakor”chilar
chorak finalga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 19.01.2005. Fransiya chempioni "Lion" 28 yoshli sardori Klaudio Kasapa bilan 2007 yilning iyuniga qadar shartnomani uzaytirdi. Kasapa 2004 yil 30 oktyabr kuni "Strasbur" bilan o'yinda jarohat olgandi. Sardor ikki haftalardan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda. "Klaudioning klubimiz uchun ko'p mehnati singganligini inobatga olib u bilan shartnomani uzaytirdik,-deydi "Lion" xo'jayini Jan Mishel Ola.- O'ylaymanki, uning sport formasi a'lo darajada". 19.01.2005. Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ziko Xidetoshi Nakataning o'yinlaridan qoniqmayapti. Shuning uchun murabbiy Nakatani o'rtoqlik uchrashuvlarida sinovdan o'tkazmoqchi. Italiyaning "Fiorintina" klubida o'ynayotgan Nakata so'nggi paytlarda Zikoning tanqidlariga uchrab kelmoqda. Yaponlar jahon chempionati saralash bahslari oldidan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqchi. Xususan, kunchiqr yurt vakillari 29 yanvar kuni Yokogama o'yingohida Qozog'iston termasi bilan, 2 fevral kuni esa Saitama o'yingohida Suriya termasi bilan kuch sinashadi. Yaponlar jahon chempionatiga saralash o'yinlarida o'ziga xos "o'lim guruhi"dan o'rin olgan. Yaponiyaning raqiblari ancha jiddiy- Eron, Bahrayn va KXDR terma jamoalaridir. 9 fevral kuni dastlabki uchrashuvda Ziko shogirdlari "o'z uylarida" KXDR terma jamoasini qabul qilishadi. DEVID ISPANCHA GAPIRA BOSHLADI
O’ZBEKISTON – OSIYODA TO’RTINCHI! 12.01.2005. Germaniyaning Visbaden shahrida joylashgan Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi - IFFHS dunyodagi eng kuchli milliy chempionatlarning yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Reyting mamlakatlarning eng kuchli beshta jamoasi tomonidan o‘n ikki oy davomida milliy chempionat va xalqaro uchrashuvlarda to‘plangan ochkolar asosida tuzildi. Xalqaro federatsiya mutaxassislarining hisob-kitobi bo‘yicha Ispaniya «primero»si 2004 yilning eng kuchli chempionati deb e’tirof etilgan. Shuningdek, kuchli uchlikdan Angliya chempionatining premer-ligasi va Italiyaning «A» seriyasi joy oldi. 2004 yilda ham «Paxtakor»ning chempionligi bilan tugagan O‘zbekiston chempionati jahon reytingida 57-o‘rinni egalladi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy chempionatimiz Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni birinchiliklaridan so‘ng to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan. 12.01.2005. Ispaniya Futbol Federatsiyasi Madridning "Atletiko" klubini jarimaga tortishi mumkin. Gap shundaki, klub muxlislari o'tgan hafta "Real" bilan uchrashuvda quyushqondan chiqib ketishgan. O'yinga hakamlik qilgan Alfonso Peres Burrulning qayd etishicha, muxlislar bir ovozdan jo'r bo'lib "Real" a'zosi Roberto Karlosni "Maymun", deya xaqorat qilishgan. Federatsiya yaqin kunlarda o'z qarorini chiqaradi. Jazo sifatida "Atletiko" keyingi uchrashuvni neytral maydonda o'tkazishi yoki jarima to'lashi kerak bo'ladi. 12.01.2005. Madridning “Atletiko” futbol klubi mamlakat
futbol federatsiyasi oldida javob beradigan bo‘ldi. Sababi, “Real” bilan
bo‘layotgan uchrashuvda “Atletiko” ishqibozlari irqchilik
kayfiyatini namoyish etib, tinimsiz haqoratli qichqirishdi. “Real”ning
braziliyalik o‘yinchisi Roberto Karlos irqchilar uchun asosiy nishon
bo‘ldi. O‘yin “Visente Kalderone” stadionida
bo‘lib o‘tayotgan edi. Rasmiy vakil tomoshabinlarga qarata
ovoz kuchaytirgichlar orqali murojaat qilib, bu qichqiriqlarni to‘xtatishni
so‘ragan, ammo, uning gapini hech kim inobatga olmagan. Eng qizig‘i,
Ispaniya hukumati o‘yindan avval 70 ming tomoshabin uchun “Yevroshou” tashkil
qilgan edi. FIFA FUTBOL QOIDALARINI O‘ZGARTIRMOQCHI 08.01.2005. Xalqaro futbol Federatsiyasi Prezidenti Yozef Blatter bir qator futbol qoidalarini o‘zgartirishga qaror qildi. Shuning uchun Prezident 2011 yilgacha dunyo futboliga rahbarlik qilib turishga roziligini ham bildirdi. Stokgolmda bergan intervyusida u asosan “o‘yindan tashqari holat”dagi qoidalarni soddalashtirish niyatida ekanligini aytdi. Shuningdek, 69 yoshli Blatter “o‘yindan tashqari holatni” belgilab beruvchi elektron yordamchilarga ham qarshiligini bildirdi
SHEVCHENKO VA KLICHKO MAMLAKAT QAHRAMONLARI
AFRIKADA JAHON CHEMPIONATI O‘TADI 04.01.2005. O‘tgan yilning yana bir muhim voqeasi sifatida FIFAning qarorini aytish mumkin. Ya’ni, 2010 yilda futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan chempionatga JAR mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu shunisi bilan ahamiyatliki, u Afrika qit’asida o‘tadigan birinchi jahon chempionatidir. Marokash, Misr, Liviya va Tunis davlatlari da’vogarlik qilgan bu o‘ziga xos musobaqada Janubiy Afrika Respublikasining g‘olib chiqishini FIFA prezidenti Zepp Blatter Afrika qit’asining g‘alabasi, deb ta’kidladi. 04.01.2005. Afsonaviy futbolchi Romario Braziliyaning janubida joylashgan Florianorolis shahrida dam olyapti. Xuddi shu yerda u sportdagi faoliyatini to‘xtatishini bildirdi. «Men tugataman. Ortiq eplay olmayman va ortiq xohlamayman», - dedi, 1994 yili Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni nomini qo‘lga kiritgan 38 yoshli futbolchi “O Globo” gazetasiga bergan intervyusida. U o‘zining uzoq yillik faoliyatida Braziliyaning «Flamengo», «Vasko da Gama», «Fluminense» va Gollandiyaning «PSV Eyndxoven», Ispaniyaning «Barselona», «Valensiya» klublarida to‘p surgan. 1994 yilgi jahon chempionatida besh marta raqib darvozabonlarini dog‘da qoldirib, to‘purarlar ro‘yxatining uchinchi pog‘onasini band etgan. Hujumchi terma jamoa tarkibida 87 marta muhim uchrashuvlarni o‘tkazgan va 70 marotaba to‘p urishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zining xayrlashuv matchini Romario yangi yilning ikkinchi yarmida mashhur “Marakana” o‘yingohida «Vasko» va «Flamengo» jamoalari o‘yinida o‘tkazadi. “Men har ikki jamoada ham bir taymdan o‘ynashni o‘ylayapman”, — dedi futbolchi. |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sayt
haqida | Yangiliklar | Islom | Siyosat | Iqtisod | Ma'rifat | Ajoyibotlar | Forum | Muallif
haqida | Mehmonlar
kitobi Copyright 2004 © Tojialiyev Davronbek Rustamovich. All rights reserved ® |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||